MUNIS loyihasi doirasida, kichik va o'rta biznes tomonidan amalga oshirilayotgan innovatsion loyihalarni qo'llab-quvvatlash imkoniyatlari ham ko'rib chiqildi.
Bundan tashqari, MUNIS loyihasining ikkinchi bosqichini amalga oshirish, Iqtisodiyot va moliya vazirligining ushbu jarayondagi ishtiroki, shuningdek, tegishli takliflarni tayyorlash masalalari muhokama qilindi.
Muhojalar davomida O'zbekistondagi innovatsiyalar va startap ekotizimini tahlil qilish, raqamli tadbirkorlikni rivojlantirish va ushbu sohadagi joriy holatni baholash mavzusi ham ko'tarildi.
Xalqaro tajribani o'rganish va Jahon bankining qo'llab-quvvatlashi bilan xalqaro ekspertlar ishtirokida amaliy tavsiyalar tayyorlash bo'yicha chora-tadbirlar taklif qilindi.