«Biz rasmiy javob yubordik va hozirda O'zbekiston parlamenti EAABga qo'shilish to'g'risidagi qonunni ko'rib chiqmoqda. Biz, parlamentning kuzgi sessiyasi davomida ushbu qonun qabul qilinadi, deb umid qilmoqdamiz», — dedi Podguzov.
U, bugungi kunda EAAB tarkibida evroosiyo mintaqasini ifodalovchi oltita davlat mavjudligini ta'kidladi. Biroq, uning so'zlariga ko'ra, bu mintaqada bankning a'zosi bo'lishi mumkin bo'lgan boshqa davlatlar ham bor.
Evroosiyo Taraqqiyot Banki (EAAB) 2006 yilda Rossiya va Qozog'iston tomonidan tashkil etilgan. 2009 yilda bankka Armaniston va Tojikiston, 2010 yilda — Belarus, 2011 yilda esa — Qirg'iziston qo'shildi.
Bankning bosh ofisi Almati shahrida joylashgan. Bundan tashqari, EAABning Sankt-Peterburgda filiali va Astana, Bishkek, Dushanbe, Yerevan, Minsk va Moskvada vakolatxonalari mavjud.
Bankning ustaviy kapitali $7 milliardni tashkil etadi: to'langan — $1,5 milliard, to'lanmagan — $5,5 milliard.