Asrorjon Akramovich Askarov "Regional elektr tarmoqlari" AJ Boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.
U avval ushbu kompaniyada iqtisodiyot va moliya masalalari bo‘yicha boshqaruv raisining o‘rinbosari lavozimini egallagan.
Shuni ta'kidlash joizki, "Regional elektr tarmoqlari" AJ ning avvalgi rahbari Ulug‘bek Mustafoev yaqinda Jizzax viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.