Multimediya matbuot markazi Sputnik O‘zbekiston 18 dekabrda press-konferensiya o‘tkazdi, unda Toshkent shahar hokimligi raqamli rivojlanish departamenti vakili Alixan Ahmadjanov ishtirok etdi.
Poytaxt ma'muriyati xalqaro mutaxassislar bilan birgalikda poytaxt dizayn-kodini ishlab chiqdi. Bu birinchi turdagi to‘plam bo‘lib, normativ hujjat sifatida qabul qilindi.
Shahar ma'muriyati vakili dizayn-kodining Toshkentning tashqi ko‘rinishini yaxshilash va uni aholiga hamda sayyohlar uchun yanada jozibador qilishga qanday yordam berishi haqida ma'lumot berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Toshkent dizayn-kodi ishlab chiqilganda asosan MDH davlatlari shaharlarining rivojlanish tajribasi, shuningdek, Moskva, Qozon va Novosibirsk tajribasi hisobga olindi.
«Biz reklama juda kam bo‘lishini xohlamaymiz, lekin uni tartibga solishimiz kerak. Reklama zamonaviy talablarni qondirishi, masalan, shahar arxitektura elementlarini to‘smasligi, qulay va chiroyli bo‘lishi muhim», — dedi u.
Spiker shuningdek, Toshkentdagi barcha mozaikalar reklama joylashtirishdan ozod etilganini ta'kidladi.
«Agar ko‘p qavatli binoda reklama osilgan bo‘lsa, demak, u albatta noqonuniy», — qo‘shimcha qildi Ahmadjanov.