Kelasi yilda O'zbekiston 26,5 milliard kub metr gaz ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu raqam mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyevga «O'zbekneftgaz» kompaniyasining faoliyati bo'yicha yig'ilishda aytildi, deya xabar beradi «O'zbekiston 24» telekanali.
Ushbu maqsadga erishish uchun mamlakat gaz konlarini qidirishga $2 milliard xorijiy investitsiyalar jalb etiladi.
«O'zbekneftgaz» boshqaruvi raisi Baхodir Siddikovning so'zlariga ko'ra, sohaning asosiy muammolaridan biri kadrlar yetishmasligidir.
«Mamlakatda katta salohiyat bor. Ammo biz uning rivojlanishi uchun texnologiyalar va moliya yetishmasligini qayd etmoqdamiz», — dedi u.