gazetauz.com
Лидеры Узбекистана и Катара обсудили возможности углубления стратегического сотрудничества между странами.

O'zbekiston va Qatar rahbarlari strategik hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.

Davlatimiz rahbari Qatarning Amirini davlat asos solingan kuni – Milliy bayram bilan samimiy tabrikladi. U Amirga sog'lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, shuningdek, do'stona qatarlik xalqqa tinchlik va ravnaq tiladi.
Hukumat 17 dekabr 2024 726

Davlatimiz rahbari Qatar Amirini davlat asos solingan kuni – Milliy bayram bilan samimiy tabrikladi, unga sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, shuningdek, do‘stona qatar xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.

Oliy darajadagi kelishuvlarning amaliy ijrosi va investitsiya loyihalarini ilgari surish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qatar Davlati Amir Shayx Tamim bin Hamad Al Thani bilan 17 dekabrda o‘tgan telefon suhbatida asosiy e'tiborda bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari Qatar Amirini davlat asos solingan kuni – Milliy bayram bilan samimiy tabrikladi, unga sog‘lik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, shuningdek, do‘stona qatar xalqiga tinchlik va ravnaq tiladi.

Kelgusida ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish va mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash bo‘yicha dolzarb masalalar ko‘rib chiqildi.

Faol aloqa va almashuvlarning natijalari ijobiy baholandi. Joriy yilning noyabr oyida Doha shahrida birinchi Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes-forum muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Oktyabrda Toshkent shahrida Qatar Madaniyati Haftasi tadbirlari muvaffaqiyatli tashkil etildi.

Qatarning yetakchi kompaniyalari ishtirokida energiya, transport va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, sog‘liqni saqlash va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda investitsiya loyihalari amalga oshirilmoqda.

Shaharlar o‘rtasida muntazam to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo aloqasi o‘rnatilgan bo‘lib, bu o‘zaro sayyohlik oqimining o‘sishiga yordam bermoqda.

Davlat rahbarlari suhbat davomida 2025 yil uchun rejalashtirilgan tadbirlar jadvaliga, jumladan, “Markaziy Osiyo – Arab davlatlari Kengashi” muloqoti ikkinchi sammitini o‘tkazishga alohida e'tibor qaratdilar.

Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar bo‘yicha fikr almashish ham o‘tkazildi.