Avval Perfectum'ning yagona asoschisi Abdumalik Iminov edi, hozirda u kompaniyaning 50% ulushiga ega. Yana 12,5% operatorni Kamron Akbarov oldi.
IMC-Capital BAAda ro'yxatdan o'tgan Berill Holding Company Limited kompaniyasiga tegishli.
Perfectum'dagi ulushdan tashqari, IMC-Capital UCMG kompaniyasining 75% ulushiga ega bo'lib, 2024 yil iyulida Uzcard yagona umumrespublika to'lov markazida ishonchli boshqaruvchi huquqlarini oldi, shuningdek ATTO va Plum Technologies kompaniyalarida ham ulushga ega.
2024 yil avgustida ma'lum bo'lishicha, Perfectum va Uzcard asosida O'zbekistonda Vodafone brendi ostida yangi mobil operator yaratilmoqda. U 5G Standalone mobil aloqa tarmog'ini rivojlantiradi va loyiha ishga tushishi 2025 yilning birinchi choragida rejalashtirilgan. Loyihaga jami sarmoya 250 million evro bo'ladi.