Maxsus ta'kidlab o'tildi-ki, bu yilda O'zbekiston elektron davlat boshqaruvi reytingida 6 pog'ona yuqoriga ko'tarilib, juda yuqori indeks (Very High EGDI) guruhiga kirdi, shuningdek, avvalgi reytingda 18 punktga o'z pozitsiyasini yaxshiladi va umumiy reytingni 24 pog'ona oshirdi.
Uchrashuv davomida BMT davlat xizmatlari forumi Samarqandda o'tkazilishi, forum mavzusi va asosiy ma'ruzachilar, shuningdek, forumni yuqori darajada o'tkazish uchun tashkiliy masalalar muhokama qilindi.
Bundan tashqari, uchrashuvda IT infratuzilmasini yaxshilash, O'zbekistonning elektron davlat boshqaruvi reytingidagi pozitsiyasini oshirish, uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish va yoshlarning axborot texnologiyalari sohasidagi rolini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Barqaror rivojlanishga erishish uchun raqamli transformatsiyaning ahamiyatiga alohida e'tibor qaratildi.
Uchrashuvni yakunlar ekan, tomonlar O'zbekiston va BMT o'rtasida yanada chuqurlashtirilgan hamkorlik, ilg'or tajribalarni amaliyotga joriy etish, shuningdek, barqaror, inklyuziv va raqamli rivojlanishga erishish uchun faol hamkorlik choralarini ko'rish bo'yicha kelishib oldilar.