Bundan tashqari, sun'iy intellekt etikasi, xavfsizlik siyosati, bulutli xizmatlarni rivojlantirish va "aqlli shaharlar", hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish, birgalikdagi ta'lim dasturlarini joriy etish va ushbu sohada malakali mutaxassislarni tayyorlash masalalari ko'rib chiqildi. Shuningdek, sun'iy intellektni rivojlantirishga qaratilgan yillik tadbirlarni tashkil etish muhokama qilindi.
Saudiya Arabistonining Ma'lumot va Sun'iy Intellekt Agentligi (Saudi Data and AI Authority) — 2019 yilda tashkil etilgan milliy agentlik bo'lib, mamlakatda ma'lumotlar va sun'iy intellektni rivojlantirish va boshqarish, shuningdek, 2030 yilgacha strategiyani amalga oshirish uchun javobgardir.